“Spartak” Azmun uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 01:40
Moskvaning “Spartak” klubi Eron terma jamoasi hujumchisi Syerdar Azmun uchun kurashga qo'shildi.

“Qizil-oqlar” shu yozgi transfer bozori chog'idayoq “Rostov” klubi a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Azmunning “Rostov” bilan bir yillik shartnomasi bo'lsada, ayni paytda hujumchi Qurbon Berdiev boshchiligidagi “Rubin” jamoasida ko'rikdan o'tmoqda.

Syerdarning o'zi “Rubin”ga o'tishni istayapti. 22 yoshli futbolchiga “Lacio” va “Beshiktosh” jamoalari ham qiziqish bildirgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif