So'rovnomada ishtirok etganlarning 78% Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qaytishiga qarshi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2017, 19:43
Jamoatchilik o'rtasida so'rovnoma o'tkazuvchi Fransiya kompaniyasi mamlakat odamlari"Real" hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishiga qanday fikrda ekanligi bilan qiziqdi.

Ovoz berganlarning 78% Benzemaning milliy jamoaga qaytishiga qarshi chiqishdi, 19% esa Karimning yonini olishdi, qolgan 3% ikkala tomonga ham yon bosishgani yo'q. So'rovnomada 1006 kishi ishtirok etdi.

Benzema so'nggi marotaba 2015 yilning oktyabrida Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan edi. Armanistonga qarshi bahsda (4:0) hujumchi dubl qayd etgan. Futbolchi Matyo Valbuena ishidan so'ng milliy jamoadan chetlatilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com