So'nggi mavsum "Paxtakor" sharafini himoya qilgan legioner "Neftchi" mashg'ulotida ko'rinish berdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2023, 23:35
Farg'onaning "Neftchi" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

So'nggi mavsumning birinchi qismini "Paxtakor"da o'tkazib, yozda "sherlar"ni tark etgan chernogoriyalik Oliver Sharkich "Neftchi" mashg'ulotlarida ko'rinish berdi.

Bu surat "Neftchi"ning rasmiy kanaliga yuklangan. Chernogoriyalik futbolchi farg'onaliklar bilan shartnoma tuzgani yoki u ko'rikda ekanligi hozircha ma'lum emas, "Neftchi" hozircha rasmiy bayonot bergani yo'q.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli forvard "Paxtakor" safida Superligada 9ta o'yinda 3ta gol urdi va bitta pas bergan. OCHLda esa 3ta bahsda bitta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia