Solari Marseloni asosiy tarkib uchun kurashishga chaqirdi

24 yanv 2019, 09:40
“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari jamoa himoyachisi Marselo haqida fikr bildirdi.

“Ishimning eng qiyin jihatlaridan biri - tarkibni tanlash. Har bir o'yinga o'sha vaqtda kim kuchli bo'lsa, o'shani tanlashga to'g'ri keladi. Marselo haqida gapiradigan bo'lsak, uning klubga bo'lgan muhabbat va sadoqatiga hech qanday shubha yo'q. U kiyim almashtirish xonasida jamoaga ko'p narsa beradi. Har bir poziciyada raqobatning bo'lishi esa bu futbolning bir qismi. O'yinchilar har doim “och” bo'lishi kerak”, - deydi Solari.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca