"So'g'diyona" Turkiyada Serbiya, Tojikiston, Norvegiya, Qozog'iston va Polsha klublari bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 17:54
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi 15 yanvardan buyon poytaxtimizda yig'in olib bormoqda.

Jamoa ertaga mazkur yig'inni yakunlaydi va futbolchilarga 2 kunlik dam beriladi.

So'ngra “So'g'diyona” futbolchilari yana Toshkentda to'planishadi. Jamoa navbatdagi yig'inini Turkiyada o'tkazadi. 4-18 fevral kunlari “So'g'diyona” Antaliyada xorij o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.

Mazkur yig'in davomida 6 ta sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushish ko'zda tutilgan.

Hozircha 5 ta raqib nomi ma'lum bo'lib ulgurdi. Yaqin kunlarda so'nggi nazorat o'yini bo'yicha ham yana bir xorij jamoasi bilan kelishuvga erishiladi.

“So'g'diyona”ning nazorat o'yinlaridagi raqiblari:  

5 fevral “OFK Bachka” (Serbiya)
7 fevral “Istiqlol” (Tojikiston)
9 fevral  “Fredrikshtad” (Norvegiya)
12 fevral “Astana” (Qozog'iston)
16 fevral “Katovice” (Polsha)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz