

Jamoa ikki mahal mashg'ulotlarni olib boradi va murabbiylar shtabi tomonidan rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuviga hamda 13-turdagi raqib “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlik ko'radi.
Eslatib o'tamiz, jamoa 13-tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish va FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida “Dinamo” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin 9 iyun kuni soat 18:30 da Samarqandda “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi.
Oliy liganing 13-turida jamoa o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Bahs 14 iyun kuni “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona” matbuot xizmati




