"So'g'diyona" tarkibini ikki nafar futbolchi bilan kuchaytirdi

Administrator
14 yanv 2026, 00:55
Yangi mavsum arafasida "So'g'diyona" futbol klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Klub tajribali yarim himoyachi Ollobergan Karimov bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026-yil yakuniga qadar mo'ljallangan. Karimov professional faoliyati davomida "So'g'diyona" hamda "Bunyodkor" jamoalari safida to'p surgan, shuningdek, O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, "So'g'diyona" yosh futbolchi Tohir To'xtasinovni ham o'z safiga qo'shib oldi. U bilan ham 2026-yil oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolangan. To'xtasinov avvalroq "Bunyodkor" jamoasi sharafini himoya qilgan va O'zbekistonning U-17, U-18 hamda U-20 terma jamoalarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати