“So'g'diyona” “Paxtakor” ga qarshi tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
24 may 2017, 12:28
O'zbekiston kubogi 1/8 finalida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida yakunlandi.

Oliy liganing 12-turda  “So'g'diyona”  “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahsga tayyorgarlik Toshkentda davom ettiriladi. Jamoamizning darvozaboni Shoxrux Eshbo'taev O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-21 yig'iniga chaqirilgan va u Olmaliq shaxrida bo'lib o'tadigan Rossiyaga qarshi maydonga tushadi.

“Paxtakor”ga qarshi bahs 26 may kuni soat 19:00 da “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi.

Yoshlar ligasi bahsi 25 may kuni soat 17:00 da  Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadi.

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), R. Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

“So'g'diyona”  matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia