“So'g'diyona”: Mahmudov va Qobilov safga qaytishdi

Narzulla Saydullayev
20 may 2017, 13:41
Oliy liganing 11-turida jamoa o'z maydonida “Sho'rtan”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kuni kecha jamoa “So'g'diyona ” qarorgohiga yig'ildi va kubok bahsidagi raqib “Buxoro” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi. Alisher Mahmudov va Suhrob Qobilov safga qaytib, individual mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jizzaxda “Barkamol avlod 2017” sport o'yinlari bo'lib o'tishi munosabati bilan kubok bahsining ilk uchrashuvi Buxoro shahriga ko'chirildi. Bahs 22 may kuni “Buxoro” stadionida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi esa 30 may kuni  “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia