"So'g'diyona" ikkinchi marta ketma-ket uchta o'yinda yutqazdi

Xayrulla Xoliqov
12 noya 2017, 12:37
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi uchun bu mavsum omadsiz kechmoqda. Jamoa 28 ochko bilan oliy liga turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

"So'g'diyona" qatorasiga uchta o'yinda mag'lub bo'ldi va bu holat ikkinchi davrada ikkinchi bor takrorlandi. Birinchi davrada bunday voqea kuzatilmagandi. Jizzaxliklar oxirgi uch o'yinni "Sho'rtan", "Paxtakor" va "Navbahor"ga qarshi o'tkazib, hammasida yutqazib qo'yishdi. 

Jamoa shuningdek, 17-19 turlarda ham mag'lubiyatga uchragandi. O'shanda "So'g'diyona" qatorasiga "Lokomotiv", "Olmaliq" va "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergandi. Umuman olganda, bu jamoa shu paytgacha 28ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shuning teng yarmida mag'lubiyatga uchragan. Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona"ni ikkinchi davrada Igor Shkvirin boshqarmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia