Sneyder debyut qilgan bahsda "Al Garafa" g'alabaga erishdi + VIDEO

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018
Qatar Yulduzlar ligasi 12-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Al Garafa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Ahmad Alaeldinning dubli "Paxtakor"ning bo'lajak raqibiga g'alaba keltirdi.

Ushbu bahsda "Al Garafa" safida gollandiyalik mashhur futbolchi Uesli Sneyder debyut qildi. U 84-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi. "Al Garafa" 12ta o'yindan 14 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.

"Al Ahli" - "Al Garafa" 1:2
Gollar: 
Yasin Chikxaoui 16 - Ahmad Alaeldin 58, 70
"Al Garafa": Qosim Burxon, Rikardo Kuixada, Almahdi Ali, Monkez Muhammad, Uesli Sneyder (Munir Abdulg'ani, 84), Abdulaziz Xotam, Diogo Amado, Xolid Al Zereiqi (Amro Abdulfattoh, 56), Otman Alavi (Tamir Jamol, 83), Fuhaid Sattam, Ahmad Alaeldin


Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni "Al Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi g'olibi OCHL guruh bosqichiga chiqadi.


TAS-IX Emas





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia