Sky Sport Italia: “Fergyuson o'tgan yili Anchelottidan “MYU”ni boshqarishni so'ragan”

26 fev 2014, 10:45
“Manchester Yunayted” klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o'tgan yili italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottiga mankunianliklar klubini boshqarishni taklif etgan.

2012/2013 mavsum yakunlanishi bilan faoliyatini yakunlagan Fergyuson, Anchelottidan “MYU”ga bosh murabbiy bo'lib kelishini so'ragan, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Anchelotti va Fergyuson mazkur masalani tushlik paytida muhokama qilishgan.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” klubiga Devid Moyes bosh murabbiy sifatida keldi, Anchelotti esa “PSJ”ni tark etib, “Real”ga bosh murabbiy bo'ldi.


Manba: sports.ru