Skoulz: "Oltin to'p"ni Shvaynshtaygerga bergan bo'lardim"

Aziz Tukhtamuradov
6 dek 2014, 19:08
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Oltin to'p"ga kim haqliroq ekanligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Messi va Ronaldu ayni paytning eng kuchli futbolchilari hisoblanadilar. Ularni tariflab o'tirishning hojati yo'q. Bu yil esa "Oltin to'p"ni Germaniya terma jamoasi futbolchilaridan biri olishi zarur. Men o'z jamoasiga katta yordam keltirgan futbolchi - Bastian Shvaynshtaygerni aytgan bo'lardim", - deydi sobiq futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru