

Bergamoning "Atalanta" jamoasi hujumchisi Janluka Skamakka "Parma"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohatlandi, deb xabar bermoqda "TuttoMercatoWeb".
Xabar qilinishicha, Skamakkaning chap tizzasi to'qimasidan shikastlangan. Jarohatning aniq tabiati va forvardning tiklanish muddati MRT natijalariga ko'ra ma'lum bo'ladi.
Janluka Skamakka o'tgan mavsum "Atalanta" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
"Real" – "Atalanta" bahsi 14 avgust kuni tunda o'tkaziladi.



