

"Uning o'zi qaror qiladi - u yerda bo'ladimi yoki yo'q. Qanday qaror qabul qilsa ham, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Hamma narsa yaxshi ketyapti, ammo olti oy - juda katta vaqt. Umid qilamizki, u o'zi va terma jamoa uchun eng to'g'ri qarorni qabul qiladi", - deya Skalonining so'zlarini Janluka Di Marcio o'z saytida keltirdi.
Argentina JCH–2026 musobaqasida “J” guruhiga tushgan. Bu yerda raqiblar - Avstriya, Jazoir va Iordaniya.
Jahon chempionati 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi.



