"Siti" yetakchisi jarohatidan qutuldi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2024, 13:35
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jarohatidan qutuldi va umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

Klubning ijtimoiy tarmohida belgiyalik futbolchining rasmi joylashtirildi tagiga shunday yozildi: "Qaytish yaxshi".

Eslatib o'tamiz, De Bryuyne 18 sentyabr kuni YCHL doirasida "Inter"ga qarshi bahsda jarohat olgan va o'shandan buyon maydonga tushmagandi.

Bu mavsum De Bryuyne barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ManCity