Simeone: "Atletiko"ning barcha futbolchilari o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istayman"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 12:43
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istaydi.

"Jamoani muhim va qimmat futbolchilar tark etganda, ularning o'rnini yosh futbolchilar egallashi odatiy holat. Klubimiz o'sishda davom etyapti va hamma futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istayman. Bizga faqat Savich yetishmayapti. Ispaniya chempionati uzoq davom etadi va Chempionlar ligasida ham uzoqqa borishga umid qilmoqdamiz. Ispaniya Kubogi haqida ham shu fikrdaman" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com