Simeone "Atletiko"dan kyetmaydi. Klub hech kim bilan aloqaga chiqmadi, Diegoga hozir va kelajak uchun murabbiy sifatida qarashmoqda

Alisher
16 may 2022, 15:58
Diego Simeone "Atletiko"dan ketmasligini xabar qildi.

"Bu yerda gapiradigan gapning o'zi yo'q. Xavotir olmang - biz doimgidek shu yerda bo'lamiz", - deb javob berdi murabbiy Madrid klubidagi kelajagi borasida berilgan savolga.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Atletiko" rahbariyati hech bir murabbiy bilan aloqaga chiqmagan. Klub Simeonega ishonadi va unda hozir va kelajak uchun murabbiyni ko'radi.

"Atletiko" mavsum so'nggiga ko'ra Chempionlar Ligasiga chiqdi. Simeone "roxiblankos"da 2011 yildan beri ishlaydi. Klub uning qo'l ostida 8ta sovrin yutdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca