Belgiya terma jamoasi a'zosi jarohat sababli kamida 7 oy maydonga tushmaydi

7 iyul 2026, 16:38
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Amadu Onana JCH-2026 1/8 finali doirasida AQSHga qarshi kechgan bahsda (4:1) jiddiy jarohat oldi.

"Aston Villa" futbolchisi birinchi bo'limdagi vaziyatlarning birida havodagi to'p uchun kurashdan so'ng noqulay tarzda erga yiqildi va uchrashuvning 20-daqiqasidayoq zaxiraga olindi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Onananing tizza xochsimon boylamlari uzilgan. U jahon chempionatining qolgan qismini va keyingi mavsum boshlanishini o'tkazib yuboradi. Amaduning tiklanishi uchun 7-8 oy vaqt talab etilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano