Simeone "Atletiko"dan kyetish ehtimoli haqida gapirdi

Alisher
9 yanv 2021
Madrid "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone klubdan ehtimoliy kyetishi haqida gapirdi.

"Doim ertaga meni iste'foga chiqarishlari mumkin deb o'ylayman. Men doimo o'yindan o'yinga o'zgacha yondashuv bilan yashayman. Men bir necha bor "Atletiko"da hamma narsa qoniqtirayotganini aytganman.

Biz o'tish davrini boshdan kechirdik va hozir Primero va Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli o'ynamoqdamiz", - deydi Simeone.

Oldinroq, "matraschilar" Simeonega yangi shartnoma taklif qilishi aytilgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Goal