Simeone "Atletiko"da 100ta o'yin kam o'tkazib Aragonesning g'alabalar bo'yicha rekordini yangiladi

Alisher
1 mar 2021, 09:12
"Atletiko" Ispaniya chempionati 25-turida mehmonda "Vilyarreal" (2:0)ni ishonchli hisobda mag'lub etdi.

Diego Simeone Luis Aragonesning rekordini yangilagan holda barcha musobaqalarda madridliklar bosh murabbiyligidagi 308-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Argentinalik bunday tashqari "Atletiko" bilan 512ta o'yin o'tkazgan, Aragones esa yuzta ko'p (612).

"Atletiko" ayni damda eng yaqin taqibchisi "Barselona"dan 5 ochko oldinda va bitta o'yin kam o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta