Simeone: "Atletiko" bilan shartnomam ko'p jihatdan mavsumni qanday yakunlashimizga bog'liq"

Alisher Ostonov
29 yanv 2023, 12:53
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid klubidagi kelajagi nimaga bog'liq ekanini aytdi.

"Shartnomam ko'p jihatdan mavsumni qanday yakunlashimizga bog'liq. Har mavsum so'nggida keyinchalik nima bo'lishini hal qilish uchun yig'ilamiz. Bu yil ham istisno bo'lmaydi", - deydi Simeone.

52 yoshli mutaxassis 2011 yildan beri "Atletiko"ni boshqaradi. Madrid klubi uning qo'l ostida ikki bor Ispaniya chempionati, Yevropa ligasi va Yevropa superkubogini yutgan. Jamoa ikki bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

"Atletiko" ayni damda 18 o'yindan so'ng 31 ochko jamg'argan holda, Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa shuningdek joriy mavsum evrokuboklardagi ishtirokini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca