Sillesen "Barselona"ga ketsa, Krul "Ayaks"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 avg 2016, 14:16
"Ayaks" rahbariyati yangi posbon izlashni boshladi.

Oldinroq jamoa darvozaboni Yasper Sillessen "Villem II"ga qarshi Gollandiya chempionati uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmagan edi va "Barselona"ga o'tishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, "Ayaks"ning "Rostov"ga qarshi Chempionlar ligasi javob uchrashuvigacha (24 avgust) Sillessen Kataloniya klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Ayaks" Sillessen o'rniga "Nyukasl" darvozaboni Tim Krulni olib kelmoqchi. Gollandiyalikning ingliz klubi bilan shartnomasi 2017 yilgacha amalda. Krulning transfer narxi 6,8 mln. funtga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf