Shvaynshtayger Germaniyaning Gollandiyaga qarshi uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2015, 13:45
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger 17 noyabr kuni Gollandiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Shu bilan birga nemis jamoasi murabbiylar shtabi Manuel Noyer va Lukash Podolskiga dam olish imkoniyatini berdi.

Bundan tashqari himoyachilar Yonas Xektor (jarohat), Jerom Boateng (jarohat) va Germaniya yoshlar terma jamoasidan qaytgan Leroy Zani ham o'yinni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DFB