Shupo-Moting “Bavariya”ga o'tishida kim asosiy rolni o'ynaganini ma'lum qildi

13 okt 2020, 07:51
Erik-Maksim Shupo-Moting “Bavariya” ustozi Xans Flik haqida gapirib o'tdi.

“Shartnoma imzolashdan oldin uzoq vaqt murabbiy bilan suhbatlashdim. U meni jamoada ko'rishni xohlayotganini aniq aytdi va jamoada bo'lishimdan juda xursand bo'lishini bildirdi. Albatta, birinchi o'rinda Levandovski turadi, ammo jamoa uchun har bir futbolchi muhim”, - deydi Shupo-Moting.

Eslatib o'tamiz, kamerunlik futbolchi PSJni 2020 yil yozida erkin agent sifatida tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild