- Albatta, shogirdlarimizning yutug'idan quvonamiz. Istardimki, bu ular uchun so'nggi shaxsiy yutuq emas, boshlanishi bo'lishini – deya gap boshladi Rahmonqulov. - Jamshid ham Izzatilla ham bunga munosib edi. Sababi bu ikki shogirdimiz BAAda bo'lib o'tgan kichik mundialda o'zlarini har tomonlama ko'rsata olishdi. Ayniqsa Jamshid Boltaboev maydon markazida aqlli harakatlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi.
- Bilasizmi, Boltaboev va Abdullaev o'tgan yili birinchi ligada “Paxtakor-2” va “Zarafshon” safida o'ynab anchagina tajriba oshirdi. Birinchi ligada o'zidan katta yoshdagi futbolchilarga qarshi o'ynashdi. Shu tariqa tabiiyki ular bilan tengma-teng o'ynab anchagina o'sishga erishdi. Shuning uchun jahon chempionatida o'z tengqurlariga qarshi cho'chimay o'ynashdi. Menimcha ularning aynan birinchi liga bahslarida o'ynab mahoratini oshirgani anchagina foydali bo'ldi.
- Jamshidning ham Izzatillaning ham maydon tashqarisidagi harakterlari juda yaxshi. Bu futbolchilr bilan ko'p ishlaganim uchun sizga shunday fikr bildirmoqdaman. Og'ir bosiq, o'zini har qanday xolatda ham tuta biladi. Maqtovlardan keyin o'zgarib qolmasliklari darkor. Shunda keyinchalik ham hurmat qozonadi. To'g'ri, bunday yoshdagi o'yinchilarda maqtovlardan keyin qandaydir salbiy o'zgarishlar uchrab turadi. Lekin o'ylaymanki shogirdlarimiz bilan bu kabi xolat yuz bermaydi.
- Ikkisi ham o'sadigan futbolchi. Buning uchun mashg'ulotlarda har bir mashqni sidqidildan bajarib, o'z ustilarida ko'proq ishlash zarur. Biror bir xolat bo'yicha yondoshmasdan, umumiy qarash kerak. Jamshid ham Izzatilla ham yaqin yillar mobaynida “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga kirish uchun bor kuchlarini berib ishlashi lozim. Ishonamanki ular buni uddasidan chiqadi. Kamchilik hamma insonda bo'ladi. Shu jumladan yuqorida nomlari keltirilib o'tilgan o'yinchilarimizda ham bor. Xususan kimgadir tezlik yetishmasa, yana boshqasi qaysidir jihat bo'yicha oqsaydi. Shuning uchun o'z ustida ishlashni bundan keyin ham susaytirishmasa yanada o'sishga erishishi mumkin.