Shou: "Zidan barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri edi. O'zimni u bilan taqqoslay olmayman"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 19:27
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Evro-2020'dagi o'yinini Zinedin Zidanning 2000 yilgi UEFA Yevropa chempionatida Fransiya termasidagi o'yinlari bilan taqqoslashni inkor etdi.

Ukraina va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvida Shou 3 daqiqa 51 soniyada ikkita golli pas bergan bo'lsa, Zidan Evro-2000'da 14 uchrashuvda ikkita golli uzatma amalga oshirgan.

“G'alati statistika. Menimcha, bu yaxshi ko'rsatkich. Ammo Zidan barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri edi va o'zimni u bilan taqqoslay olmayman. Albatta, bu ko'rsatlarning barchasi yoqimli, ammo hozir men uchun eng muhimi - turnir finaliga yo'l olish, "Uembli"da o'yin o'tkazish va Angliya terma jamoasi muxlislariga quvonch baxsh etish", - deydi Shou.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 yarim finalida Angliya–Daniya o'ynaydi. Uchrashuv London shahrida 8 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal