Shou MYUdan "Tottenxem"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
8 fev 2017, 21:42
Lyuk Shou o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa "Tottenxem" rahbariyati "Manchester Yunayted"ga 21 yoshli himoyachining transferi borasida taklif bilan chiqishga tayyor.
"Shporlar"ning hozirgi murabbiyi Maurisio Pochettino va Shou oldinroq "Sautgempton"da birga ishlashgan. Shou u yerdan 2014 yil 27 million funt evaziga MYUga o'tgan.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'yinchini asosiy tarkibda ko'rmayapti: Premer-liga boshlangandan beri Shou 24 o'yindan ettitasida maydonga tushdi. Bunga yana bir sabab uning jarohati.

Oldinroq, agent Jonatan Barnett Shou va "Manchester Yunayted" bir-biridan mamnunligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Yahoo Sport