Shota Arveladze "Paxtakor" murabbiylari uchun seminar o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2018, 18:28
"Paxtakor" bosh murabbiyi klubdagi boshqa murabbiylar uchun seminar o'tkazdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Shota Yustinovich asosiy jamoa taktik uslubi, mashg'ulot jarayoni, har bir futbolchiga individual qanday yondoshish zarurligi haqida tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Jamoada amalga oshirilgan o'zgarishlar xususida ta'kidlab o'tdi.

Seminarga "Paxtakor" futbol akademiyasi, yoshlar, ayollar va ikkinchi jamoa murabbiylari tashrif buyurishdi. Ular o'zlari uchun muhim sanalgan jihatlar yuzasidan Shota Arveladze bilan suhbatlashib, zarur saboqlarni o'zlashtirishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz