Shoshilinch yangilik! Jon Terri Rossiya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018, 14:01
Angliyalik himoyachi Jon Terri yaqin vaqt ichida "Spartak" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugun, 8 sentyabr kuni Terri tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Natijalar yaxshi bo'lsa tomonlar shartnoma imzolashadi.

Terri "Zenit"ga qarshi bahsda jiddiy jarohat olgan fransiyalik himoyachi Samuel Jigo o'rnini egallaydi.

Jon Terri "Chelsi"dagi faoliyati bilan barchaga ma'lum va mashhur. Himoyachi so'nggi mavsum "Aston Villa" sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com