"Sho'rtan": Yosh futbolchi qizlarni jamoaga taklif qilamiz

Narzulla Saydullayev
28 noya 2021, 17:20
Hurmatli futbol muxlislari, aziz g'uzorliklar hamda vatanimiz kelajak avlodlari.

Xabaringiz bor, OFK va O'FA talabiga asosan barcha professional futbol klublarida ayollar U-16 futbol jamoasi ochildi.

“2021 yilgi futbol mavsumi”ning O'zbekiston chempionati ayollar U-16 uchrashuvlarida g'uzorlik qizlar finalda faxrli ikkinchi o'rinni egallashdi.

“Sho'rtan” futbol jamoasining “yosh qaldirg'ochlari”, o'zlarining birinchi yutuqlari bilan klub tarixiga zarhal harflari bilan bitildi.

Barchangizni “Sho'rtan” Professional futbol klubi qoshidagi “Sho'rtan-Ledi” qizlar jamoasiga 2007- 2008, 2009- 2010 va 2011-2012 yillarda tug'ilgan iqtidorli yosh o'smir qizlarni tanlov asosida futbol jamoaga taklif qiladi.

Manzil: G'uzor shahrining “Sho'rtan” futbol akademiyasi

Ro'yxatga olish 8:00 dan 17:00 gacha

Murojaat uchun telefon: +998943330098

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” матбуот хизмати