Shomurodovning to'purarlar poygasidagi raqibi "Spartak"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2020
Mavsumnning birinchi qismida "Krilya Sovetov" sharafini himoya qilgan Aleksandr Sobolev faoliyatini Moskvaning "Spartak" klubida davom ettiradi.

Moskvaliklar Sobolevni yozda sotib olish huquqi bilan yarim mavsumga ijaraga olishdi.

Aleksandr Sobolev joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi to'purari bo'lish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Hujumchi hisobida 10ta gol bor. Uning eng yaqin raqiblari - Eldor Shomurodov (10ta gol) va Artyom Dzyuba (11ta gol).

Qishki transfer oynasida Sobolevga Moskvaning boshqa klublari ham qiziqish bildirgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com