Shomurodov mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, u "Udineze"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 noya 2020, 23:32
Yakshanba kuni A Seriya doirasida "Jenoa" safarda "Udineze"ga qarshi bahs olib boradi.

Klub matbuot xizmati hujumchi Eldor Shomurodov jamoaning mashg'ulotlariga qaytib, navbatdagi o'yinlarga tayyorlanayotganini ma'lum qildi. Futbolchilar bugun Udinega jo'nab ketishgan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov jarohati sababli bir necha uchrashuvlarni o'tkazib yubordi. Hamyurtimiz 22 noyabr kuni soat 22:00da "Friuli" stadionida boshlanadigan uchrashuvda qatnashishi kutilmoqda.

Shuningdek, Stefano Sturaro hamda Domeniko Krishito kabi futbolchilar ham safga qaytgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia