Shohrux Ishanov: "Hakam vaziyatni futbolchining fikriga asoslanib baholadi"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2023, 20:37
Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Andijon SGS" (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shohrux Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz uchun hammasi yaxshi ketayotgan edi. Qizil kartochka rejalarimizni buzib yubordi. Natijada bo'sh xududlar yuzaga keldi va "Sho'rtan" jamoasi bundan unumli foydalandi.

- "Sho'rtan"ga qarshi uydagi o'yin va bugungisining farqi qanday sizningcha?

- Uyda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Uyimizda bizga yordam bergandi, bugun maydon egalariga yordam berdi.

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- O'sha vaziyatni hakam ko'rmay qolgandi. Futbolchining gaplariga asoslanib kartochka ko'rsatdi.

- Ikkinchi bo'lim davomida negadir maydon chetida ko'rsatma bermadingiz?

- Chunki o'zim shifokor yordamiga muhtoj bo'lib qoldim. Qon bosim bilan bog'liq va shifokorlar menga yordam ko'rsatishdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia