Shohruh Ishanov super kambekdan keyin: "Barchani tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2023
PRO Liga 7-tur “Andijon-SGS” - “Sho'rtan” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Bugungi g'alaba bilan butun Andijon xalqini va klubimiz muxlislarimizni tabriklayman. Shogirdlarimni, murabbiylar shtabi va rahbariyatni tabriklayman. Bu uzoq kutilgan g'alaba edi. "Sho'rtan" bilan bahsga jiddiy tayyorlandik, o'yin oson kechgani yo'q, boshida o'z xatolarimiz tufayli ikkita tezkor gol o'tkazib yubordik. "Sho'rtan" taniqli jamoa va o'z o'yin uslubiga ega. Bugun stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan qo'qonlik muxlislarga ham katta rahmat aytaman", - dedi Ishanov. 

- Jamoa himoyachilari ko'p xatoga yo'l qo'yishmoqda. Buning ustida ishlash kerak deb o'ylayman.

- Albatta, har bir o'yinda himoyada ham, hujumda ham xatolar bo'lmoqda. Vaziyatlardan foydalanishga qiynalyapmiz, keyingi o'yingacha vaqtimiz bor. Murabbiylar shtabi bilan kamchiliklar ustida ishlaymiz. Bugungi bahs juda ajoyib o'tdi. Uchrashuv vaqtida ham yigitlarga mashg'ulotda bajargan ishimizni bajaraylik dedim va bu amalga oshdi. 0:2ni 3:2 qilish bu kuchli xarakter orqali bo'ladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia