Shesni: “Umid qilamanki, Rossiya jahon chempionatidan chetlatiladi”

Eldor Akmurzayev
27 fev 2022, 08:30
“Yuventus” va Polsha TJ darvozaboni Voycex Shesniy Rossiya hamda Ukraina o'rtasida mojaroga to'xtaldi.

“Rossiya termasiga qarshi o'ynamaslikka qaror qilib bo'lganman va jamoadoshlarim ham shunday xulosaga kelganidan xursandman. Agar bizga texnik mag'lubiyat yozilsa, boshimizni baland ko'targan holda bu qarorni qabul qilamiz.

Umid qilamanki, Rossiya mundialdan chetlatiladi. Ko'ramiz, FIFA bunga jurat eta olarmikin”, deydi Shesni.

Avvalroq, Polsha futbol ittifoqi prezidenti Chezare Kuleshi mamlakat termasi JCH-2022 saralashida rossiyaliklar bilan o'ynamasligi haqida bayonot bilan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato