Sherzod Qosimov Qatar – Chexiya o'rtoqlik uchrashuvini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2017
17 oktyabr sanasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashgandi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar O'zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O'zbekiston va Qatar federatsiyalari o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo'yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo'lga qo'yish kabi masalalarni muhokama qilingan hamda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzolangandi.

 Ana shu kelishuvga ko'ra, Qatar futbol federatsiyasi shu yilning 11 noyabr kuni Qatar va Chexiya terma jamoalari o'rtasida  Dohada o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinini boshqarib borish uchun o'zbekistonlik hakamlar brigadasini taklif qildi.

Qatar davlati poytaxtida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvini taniqli hakam Sherzod Qosimov boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda Timur Gaynullin va Alisher Usmonov yordam berishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com