Sherzod Hakimov: “Buxoroga faqat g'alaba uchun boramiz”

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016, 17:01
“Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” (2:1) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sherzod Hakimov “Neftchi” matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-  Derbiga mos o'yin bo'ldi. Bellashuv muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Qo'qon jamoasini enganimizdan xursandman. Kuchli va jamoaviy o'yin hisobiga derbida g'alaba qozondik. Bizni qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Keyingi turda “Buxoro”ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Xozir Oliy ligada istalgan jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Biz “Buxoro” jamoasi uyiga faqat g'alaba uchun boramiz, - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” vakili Sherzod Hakimov.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” keyingi turda Buxoroda o'ynaydi.  Farg'onaliklar 16 iyun “Buxoro” jamoasiga qarshi safar bahsini o'tkazishadi.
 
“Neftchi” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia