Sheringem Hindiston klubiga bosh murabbiylik qiladi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 03:00
“Manchester Yunayted”nig sobiq hujumchisi Teddi Sheringem Hindistonning “Atletiko de Kalkutta” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

“Jamoada ish boshlaganimdan xursandman. Bu er  orzularim va intilishlarimni amalga oshirish uchun qulay”, deydi Sheringem.

Joriy mavsumda “Atletiko de Kalkutta” klubi Hindiston chempioniga aylandi. Sheringem esa Angliya to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi “Stiveneyj” jamoasida yaxshi natijalarni qo'lga kirita olmaganligi bois iste'foga chiqarilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports