

“Jamoada ish boshlaganimdan xursandman. Bu er orzularim va intilishlarimni amalga oshirish uchun qulay”, deydi Sheringem.
Joriy mavsumda “Atletiko de Kalkutta” klubi Hindiston chempioniga aylandi. Sheringem esa Angliya to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi “Stiveneyj” jamoasida yaxshi natijalarni qo'lga kirita olmaganligi bois iste'foga chiqarilgan edi.



