Shavkat Salomov: "Surxon"da teng kuchli 22 futbolchi yo'q"

Narzulla Saydullayev
22 apr 2019, 10:30
Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Surxon” (3:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng termizliklar yetakchisi Shavkat Salomovning o'z fikrlarini bildirdi:

"Avvalo Namangan ahli va “Navbahor” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Namanganliklar mazkur bahsda haqqoniy tarzda zafar quchishdi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Mana beshinchi bahsdirki, jamoamiz bitta tarkib bilan o'ynamoqda. Albatta, bu natijalarga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Xabaringiz bor, “Surxon” klubi kutilmaganda Superliga ishtirokchisiga aylandi. Shu bois, jamoamiz safida teng kuchga ega bo'lgan 22 nafar futbolchi yo'q va jamoadoshlarimda charchoq alomatlari sezilmoqda. Bundan tashqari, yigitlar jismoniy jihatdan ham ustun emaslar. Tarkibimizdan asosan yosh futbolchilar o'rin olishgan.

Ayrim sabablarga ko'ra, asosiy tarkibning 4 nafar futbolchisi ham bugun maydonga tusha olmadi. “Navbahor” esa ushbu tarkibi bilan ancha yig'in o'tkazdi va jamoada o'yin amaliyoti shakllangan.

Xudo xohlasa, jamoamiz keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etadi, degan umiddaman", - deydi Salomov.

"Surxon" PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia