

PFK "Buxoro" futbol klubi rasmiy ravishda ma'lum qiladi-ki, klub direktori Shavkat Salomov va bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov jamoa safida o'z faoliyatini davom ettirmoqda hamda asosiy e'tiborni kelgusi o'yinga qaratmoqda.
Viloyat mutasaddilari "Buxoro" amaldagi murabbiylar shtabi hamda rahbariyatiga to'liq ishonch bildiradi.
Hozirgi davr uchun asosiy vazifa - klubning barqaror rivojlanishini taminlash.
PFK "Buxoro" barcha muxlislariga doimiy qo'llab-quvvatlovi va jamoaga bo'lgan ishonchi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.




