Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: O'yinning belgilangan vaqtidan kechroq boshlanishi mezbonlar o'yinchilariga salbiy ta’sir ko'rsatdi nazarimda.
Sportda “peregoreli” – “yonib bo'lishdi” degan ibora bor-u, shunga o'xshash holat kuzatildi. Bizning futbolchilarimiz esa murabbiylarning ko'rsatmalarini aniq, bekamu-ko'st bajarishdi.
Maydon egalarining dastlabki tazyiqini bartaraf etganimizdan keyin to'p nazoratini qo'lga oldik. Mezbonlarni to'psiz qoldirishimiz ularning o'yiniga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Birinchi taym tugab borayotganda jamoamiz to'purari Shahzodbek Nurmatov o'zini ko'rsatdi. Shuni aytish kerak, bugungi kunda “Metallurg”ning barcha o'yinchilari o'zlarining optimal formasiga kirishgan.
Bu “Sho'rtan”ga qarshi o'yinda ham yaqqol namoyon bo'ldi. Jismoniy tayyorgarligimizning yuqoriligi, futbolchilar ruhiyatining ko'tarinkiligi yirik g'alabamiz omili bo'ldi. Bizni mavsum davomida qo'llab quvvatlab turgan barcha insonlarga, fidoyi muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi davrada ham chiroyli, mazmunli o'yinlarimiz bilan ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz.