"Shanxay Shenxua" El Shaaraviga bir mavsum uchun 12 million evro taklif qilmoqda

Alisher
25 iyun 2019, 11:20
"Roma" Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubilan aniq taklif qabul qilib oldi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Bitim narxi ma'lum qilinmayapti, ammo rimliklar o'yinchilari uchun 20 million evro talab qilmoqdalar. Stefan Xitoyda bir mavsum uchun 12 mln evro ishlab olishi mumkin.

Vingerning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amal qiladi. Tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olishmadi. Stefan klubdan 3 million evro maosh bilan birgalikda 1 million evro bonuslar tariqasida taqdim etilishini so'ramoqda.

26 yoshli El Shaaravi 2018/19 yilgi mavsum A Seriyada 28ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assistni amalga oshirgan.

"Shanxay Shenxua" shuningdek "Inter"dan Ivan Perishichga ham qiziqmoqda.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com