Shamsiddinov futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi

13 fev 2015, 22:30
Tailanddagi “Qirol Kubogi” doirasidagi Koreyaga qarshi uchrashuvdagi mojaro sabab O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Shuhrat Maqsudovni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etdi.

Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi ma'lum muddat ichida tayinlanadi.

2015 yilning 31 yanvarida Koreya terma jamoasiga qarshi o'yinda sportchiga xos bo'lmagan hatti-harakatlari bilan raqib o'yinchisiga qo'l ko'targani va bu ishi bilan mamlakat shaniga dog' tushishiga sababchi bo'lganligi uchun Tohir Shamsiddinov O'FF “Tartib-intizom kodeksi”ning tegishli bandlariga asosan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safidan o'chirildi va bir yil muddatga har qanday ko'rinishdagi futbol faoliyatidan chetlatildi.

O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramovga futbolchilarni mazkur musobaqaga manan, ruhan va jismonan etarli darajada tayyorlay olmaganligi, terma jamoada intizomni mahkam tutmaganligi, shuningdek, xalqaro OAVning tanqidiy chiqishlariga sababchi bo'lganliklari uchun qattiq ogohlantirish oldilar.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasiga barcha futbol klublarining rahbariyati vakillari bilan uchrashib, ularga futbolchilarni manaviy-marifiy, ruhiy va jismoniy tayyorlash ishlarida talim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor qaratish birlamchi vazifa ekanligini ma'lumot sifatida etkazish vazifasi yuklandi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu masala yuzasidan boshqa izoh bermaydi.


Manba: the-uff.com