

Britaniya taxti vorisi "Aston Villa" jamoasiga muxlislik qiladi.
– Men uchun "Villa Park" stadioniga borish unchalik oson emas, lekin men imkon qadar ko'proq o'yinlarni – stadionda yoki televizor orqali ko'rishni yaxshi ko'raman.
Men Chempionlar Ligasining barcha o'yinlariga borishga harakat qildim, chunki jamoa yaxshi formada bo'lganda bu imkoniyatdan to'liq foydalanish kerak.
Uydagi eng katta muammo – bazan televizordan [translyatsiyani] topishga urinish, chunki shanba kuni soat 15:00 da bizda blekaut bo'ladi va bu juda jaxlni chiqaradi.
– Siz qaroqchi translyatsiyalardan foydalansangiz bo'lardi...
– Xa-xa, bu haqda izoh bermayman. Men Villa TV uchun pul to'layman, shu sabab men voqealardan xabardorman.
Lekin bizning mamlakatimizda hali ham o'z jamoamizning Premer-ligadagi o'yinini ko'ra olmasligimiz juda asabiylashtiradi, biroy chet elga borsangiz istalgan o'yinni istalgan vaqtda ko'rishingiz mumkin" – dedi shahzoda Uilyam.
Shanba kuni tushdan keyin, ko'pchilik o'yinlar o'tkaziladigan paytda, televizion translyatsiyalarni to'xtatish qoidasi 1960 yillarda joriy qilingan, bu esa muxlislarni quyi liga o'yinlariga borishga undash maqsadida amalga oshirilgan.



