“Sevilya”ga “Milan” futbolchisi kerak

Andalusiya klubi Susoga qiziqib qoldi.

“Sevilya” “Milan”dan Susoni sotib olishga harakat qilib ko'rmoqchi. Avvalroq “Roma” Suso bo'yicha milanliklarga taklif bilan chiqib, rad javobini olgandi.

Ma'lumot uchun, Suso “Milan”ga 2015 yilda kelib qo'shilgan. U o'tgan mavsum klub safida 41 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Marca