Serxio Ramos: "Neymar bilan xech qanday ikkilanishsiz shartnoma imzolagan bo'lardim"

Aziz Tukhtamuradov
9 noya 2017, 19:10
Real futbolchisi Serxio Ramosning PSJ futbolchisi Neymarni madridliklar safiga borib qo'shilishi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Menga eng zo'r futbolchilar bilan birga o'ynash yoqadi va Neymar ham ulardan biri.

Neymarga to'g'ri "Barselona"dan "Real"ga o'tgandan ko'ra, PSJ orqali o'tgani osonroq. Shubhasiz, u bilan shartnoma imzolagan bo'lardim. U o'yin taqdirini hal qilib yubora oladigan futbolchi", - deydi Ramos.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Cadena SER