Serxi Roberto "Barselona"ga CHL doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi

Alisher
23 noya 2021, 11:24
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto jarohati sabab "Benfika"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich doirasidagi o'yinda harakat qilmaydi.

Roberto o'ng kvadricepsida noqulaylik sezishda davom etmoqda. 29 yoshli ispan joriy yilning oktyabr oyi so'nggida o'ng sonidan jarohat olgan edi.

Roberto joriy mavsum "Barselona" tarkibida La Liga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Himoyachi CHL doirasidagi 3ta o'yinda harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" bugun bugun o'z uyida "Benfika" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona