Server Jeparov uni qay tarzda Moskvadagi Afsonalar Kubogi-2023ga taklif qilishganini aytdi

Alisher Ostonov
10 fev 2023, 04:30
O'zbekiston terma jamoasi sobiq o'yinchisi va Osiyoning ikki karra eng yaxshi o'yinchisi Server Jeparov uni qanday qilib Moskvadagi Afsonalar Kubogi-2023ga chaqirishgani haqida Championat.Asia'ga gapirib berdi.

- Turnirga meni MDH terma jamoasi bosh murabbiyi, Osiyo futboli uchun afsona Muhsin Muhammadiev taklif qildi. Uning taklifini mamnuniyat bilan rozi bo'ldim.

- MDH terma jamoasidagi qaysi bo'lajak sheriklaringiz bilan tanishsiz?

- Farhod Irismetov bilan Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari maktabida o'qiganmiz. Almat Bekbaev bilan o'z vaqtida "Jetisu"da birga harakat qilganman. Rossiyaning "Amkar" klubi bilan yig'ingan borganimda Aleksandr Glebning akasi Vyacheslav Gleb bilan yo'llarimiz kesishgan.

- Afsonalar Kubogidan nimalarni kutyapsiz?

- Bunaqa turnirlarda hali ishtirok etmaganman. Yevropa, Afrika va Janubiy Amerika yulduzlariga qarshi o'ynash qiziq bo'ladi. Yaxshi tashkilotchilik va maydonda chiroyli o'yinlar kutyapman.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi.


→ Jeparov, Gleb va boshqalar MDH terma jamoasida. 11 fevral kuni start oladigan musobaqada Abidal, Kambyasso, Sinama- Pongol , Adebayor, Maykon kabi yulduzlar qatnashadi


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia